Suv xavfsizligi jahon hamjamiyati nigohida: BMT hisobotidan xulosalar

12.11.2023

Butun dunyo bo‘ylab har 4 kishidan 3 nafari suv ta’minoti yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan mamlakatlarda yashaydi. Xavfsiz ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena xizmatlarining yetishmasligi odamlarni suv bilan bog‘liq ofatlarga qaraganda ko‘proq halok qilmoqda. Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkilotining suv ekspertlari boshchiligidagi global suv xavfsizligini baholash shuni ko‘rsatdiki, hozirda dunyo aholisining aksariyati suv ta’minoti yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan mamlakatlarda istiqomat qiladi. Bu esa kishida katta tashvish uyg‘otadi, chunki suv xavfsizligi rivojlanish uchun asosdir.

BMTning 2023-yilgi suv konferensiyasining ikkinchi kunida e’lon qilingan ushbu global baho 186 mamlakatda yashovchi 7,8 milliard kishiga ta’sir ko‘rsatadigan suv xavfsizligi holatini ko‘p qirrali taqqoslab beradi. Hisobotda dunyo Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDG) 6 deb nomlanuvchi “barcha uchun toza suv va sanitariya” sharoitiga erishishdan ancha uzoq ekani haqidagi juda xavotirli statistik ma’lumotlar keltirilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suv, Atrof-muhit va Salomatlik Institutining (UNU INWEH) suv xavfsizligi masalalari bo‘yicha katta tadqiqotchisi va hisobotning yetakchi muallifi doktor Sharlotta MakAlister shunday deydi: “Mamlakatlar suv ​​xavfsizligini ta’minlamay turib chuchuk suv ekotizimlari, turmush tarzi va inson farovonligini qo‘llab-quvvatlashga qodir emas. Ushbu global baholash SDG 6ni amalga oshirish uchun qolgan etti yil ichida siyosat muhokamalari markazida bo‘lishi kerak bo‘lgan muhim rivojlanish muammolarini ta’kidlaydi”.

Dunyo bo‘ylab suv xavfsizligi holatini yanada realroq tushunish uchun BMTning ushbu hisoboti suv xavfsizligini 10 komponent yoki o‘lchov bo‘yicha baholadi: ichimlik suvi, sanitariya, yaxshi sog‘liq holati, suv sifati, suvning mavjudligi, suv qiymati, suvni boshqarish, inson xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik va suv resurslarining barqarorligi. Natijalar xavotirli: hozirda dunyo aholisining 78 foizi (6,1 milliard kishi) suv xavfsizligi ta’minlanmagan mamlakatlarda istiqomat qiladi.

Global baholashning asosiy natijalariga quyidagilar kiradi: Barcha mintaqalarda suv xavfsizligi darajasi past bo‘lgan mamlakatlar mavjud bo‘lsa-da, eng kam rivojlangan davlatlar va Kichik orollarning rivojlanayotgan davlatlari (SIDS) bir qator murakkab omillar tufayli suv xavfsizligining kritik darajalariga duch kelishmoqda. Jami 23 ta davlatda – 16 ta kam rivojlangandan davlat va 7 ta SIDS – suv ta’minotining juda xavfl darajasi qayd etilgan: Solomon orollari, Eritreya, Sudan, Efiopiya, Vanuatu, Afg‘oniston, Jibuti, Gaiti, Papua-Yangi Gvineya, Somali, Liberiya, Syent-Kits va Nevis, Liviya, Madagaskar, Pokiston, Janubiy Sudan, Mikroneziya, Niger, Serra-Leone, Yaman, Chad, Komor orollari va Shri-Lankalar shular jumlasidandir.

Umuman olganda, uchta geografik mintaqada jami 33 ta davlatda suv xavfsizligi yetarlicha emas. Shvesiya suv xavfsizligi eng yuqori darajada ta’minlangan davlat bo‘lib, boshqa Yevropa mamlakatlari – Daniya, Lyuksemburg, Avstriya, Norvegiya, Shveytsariya, Finlyandiya va Islandiya, Irlandiya, Fransiya, Litva, Gresiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Italiya, Latviya, Ispaniya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya, Vengriya va Portugaliya kabi mamlaktalarda ham sev xavfsizligi masalalari ijobiy darajada. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi suv uchun xavfsiz davlatlar – Yangi Zelandiya, Kipr, Avstraliya, Yaponiya, Isroil, Quvayt va Malayziya. Kanada va AQSH Amerika qit’asidagi suv xavfsizligi guruhiga kiradigan yagona davlatlardir.

Tabiiy suvning ko‘pligining o‘zigina suv xavfsizligini ta’minlay olmaydi. To‘g‘ri, Afrika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Amerikaning katta miqdorda chuchuk suv resurslariga ega bo‘lgan ko‘plab mamlakatlari suv toshqinlari yoki qurg‘oqchilik oqibatida katta iqtisodiy yo‘qotishlarga uchraydi. Shunga qaramay, WASH (suv, sanitariya va adekvat gigiyena)dan foydalanishning cheklanganligi, suv sifatining pastligi va suvning iqtisodiy ahamiyati pastligi tufayli WASH bilan bog‘liq o‘lim holatlari yuqoridagi omillar oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holatlari sonidan yuqori.

Xavfsiz, boshqariladigan ichimlik suvi va kanalizatsiyadan foydalanish hali ham dunyo aholisining yarmidan ko‘pi uchun orzu bo‘lib qolmoqda. Yer yuzida jami aholining 70% dan ortig‘i (5,5 milliardga yaqin) suvdan xavfsiz foydalanish imkoniyatiga ega emas, Afrika esa eng past darajadagi suvdan xavfsiz foydalanish imkoniyatlariga ega, bu mintaqa aholisining atigi 15%iga to‘g‘ri keladi.

Afrika butun dunyo bo‘ylab xavfsiz WASH xizmatlarining eng past darajasiga ega, bu mintaqadagi suv xavfsizligining past darajasiga hissa qo‘shadi. Mintaqada joylashgan 54 mamlakatidagi deyarli 31% (411 milliondan ortiq) odamlar, jumladan, 33 ta LDC va 6 SIDS, bazaviy ichimlik suvi xizmatidan foydalanish imkoniga ega emas. Hududda faqat 201 million kishi (15%) xavfsiz, boshqariladigan ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega. Sanitariya xizmatlariga kelsak, mintaqada 1,1 milliard (82%) kishi hali ham xavfsiz, boshqariladigan sanitariya xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega emas.

Buning natijasida global miqyosda xavfsiz WASH xizmatlarining yetishmasligidan suv bilan bog‘liq ofatlarda halok bo‘lganlarga qaraganda ko‘proq odamlar halok bo‘ladi. Tashvishlanarli tomoni shundaki, bu vaziyat yaxshilanmayapti: 2019-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2016-yilgi hisob-kitoblariga nisbatan 164 mamlakatda WASH bilan bog‘liq o‘lim darajasi oshdi.

Milliy darajada suv sifatini har tomonlama va aniq baholash muammoli holat bo‘lib qolmoqda. JSST tomonidan maishiy sanitariya statistikasidan foydalangan holda baholangan maishiy oqava suvlarni tozalash darajasi ba’zi istisnolarni inobatga olmaganda Afrika va Osiyo-Tinch okeanining katta qismida juda yomon (30% dan past) va Janubiy Amerikaning aksariyat mamlakatlarida yomon (50% dan past) bo‘lib qolmoqda. 

Suvdan foydalanish samaradorligi har doim ham suv xavfsizligi ta’minlanganligini anglatmaydi. Milliy iqtisodiyotda neft va tog‘-kon sanoati ulushi ustunlik qiladigan ko‘plab mamlakatlarda foydalanilgan suv birligi uchun yuqori iqtisodiy qiymat mavjud (100 USD/m3 yoki undan yuqori), lekin bu suvni boshqarish, WASH yoki insoniyat xavfsizligi kabi boshqa komponentlarda suv xavfsizligining oshishiga olib keladi degani emas. 

Suv toshqinlari va qurg‘oqchilik xavfi ostida bo‘lgan mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladigan muammolar ko‘paymoqda. Mintaqalar bo‘yicha Afrikada suv toshqinlari va qurg‘oqchilik xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar soni ko‘p, shu bilan birga, bu hududlar aholi sonining tez o‘sishi, urbanizatsiya va sanoatlashuvni boshdan kechirmoqda. Qoniqarsiz infratuzilma va suv bilan bog‘liq ofatlarning ta’sirini boshqarish qobiliyati bilan birlashganda, bu omillar suv xavfsizligi muammolarini yanada oshiradi.

Bu baholash natijalari shuni ko‘rsatadiki, agar radikal choralar ko‘rilmasa, dunyo aholisining uchdan ikki qismi 2030 yildan keyin ham suv xavfsizligi ta’minotisiz yashashda davom etadi.