Virtual suv: nima, qanday va qancha?

21.11.2023

Odamlar suvdan bevosita va bilvosita maqsadlarda foydalanadilar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri maqsadlarga cho‘milish, ichish va pishirish kabilar kiradi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda shahar suv iste’molchilari shahar suv ta’minoti tizimi va uyning suv quvurlari tizimi orqali suvga ulangan. Odamlar jo‘mrakni ochadi, suv chiqadi va undan foydalanadi. Bilvosita suvdan (shuningdek, u "virtual suv" deb ataladi) foydalanish tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan suvni anglatadi.

Misol uchun, bir quti makkajo‘xori bogrog‘idan bahramand bo‘lishingiz uchun zarur bo‘lgan suv haqida o‘ylab ko‘ring? Makkajo‘xori donalari kabi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish va qadoqlash uchun katta miqdorda suv kerak bo‘ladi. Xususan, makkajo‘xori yetishtirilayotganda sug‘orish va ishlab chiqaruvchi zavodda makkajo‘xorini tozalashdan tortib, ishlab chiqarish jarayonidan qolgan narsalarni yuvishgacha bo‘lgan jarayonning deyarli har bir bosqichida suv ishlatgan. Hatto bodroq solinadigan qog‘oz qutini ishlab chiqarish uchun ham katta miqdorda suv talab qildi.

Keling, quyida ba’zi mahsulotlarni ishlab chiqarishda taxminan qancha suv sarf qilinishini ko‘rib chiqamiz:

  • 1 kg guruch ishlab chiqarish uchun 3000 dan 5000 litrgacha;

  • 1 kg soya uchun 2000 litrgacha;

  • 1 kg bug‘doy uchun 900 litrgacha;

  • 1 kg kartoshka uchun 500 litrgacha;

  • 1 dona tuxum uchun 200 litrgacha;

  • 1 ta jinsi kiyim uchun 7600 litrgacha;

  • 1 kilogram mol go‘shti uchun 15000 litrgacha;

Ma’lumot o‘rnida, butun dunyo miqyosida Xitoy eng ko‘p virtual suv sarflovchisi hisoblanib, mamlakatning virtual suv eksporti qayta tiklanadigan suv resurslarining 2,1 foizini va umumiy suvdan foydalanishning 8,6 foizini tashkil qiladi, shuningdek, jami tashiladigan virtual suvning 31 foizi Xitoyning ulushiga to‘g‘ri keladi.