Oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun qancha suv kerak va biz qancha miqdorda suv isrof qilamiz?
11.11.2023
Mashina muhandislari instituti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda ishlab chiqarilgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarining 50 foizi chiqindiga aylanadi. Lekin uni ishlab chiqarish uchun qancha suv kerak?
Bugungi kunda e’lon qilingan oziq-ovqat isrofgarchiligi haqidagi hisobotga ko‘ra, 1 kg bug‘doy ishlab chiqarish uchun 500 dan 4000 litrgacha suv kerak bo‘ladi. Surat: Ahmad Masud/Reuters
Mashina muhandislari instituti (IME) tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, har yili ishlab chiqarilgan barcha oziq-ovqatning 30-50%i (1,2-2 milliard tonna) “odam oshqozoniga yetmasdan yo‘qoladi”.
Har yili odamlar tomonidan taxminan 3,8 trillion kub metr suv iste’mol qilinadi va uning 70% global qishloq xo'jaligi sektori tomonidan sarflanadi. Dunyo miqyosida iste’molchiga yetib bormaydigan ekinlarni yetishtirishda isrof qilingan suv miqdori 550 milliard kub metrga baholanmoqda. Yirik supermarketlar mukammal ko‘rinishga ega bo‘lmagan meva va sabzavotlarni, masalan, o‘lchami yoki rangi standartlarga to‘g‘ri kelmaydigan mahsulotlarni qabul qilishdan bosh tortib, oziq-ovqatni isrof qilgani uchun tanqid qilinadi. Hisobotda aytilishicha, Buyuk Britaniyadagi sabzavot hosilining 30% ga yaqini shu sababli yig‘ib olinmay qolgan.
IME 2050-yilda oziq-ovqatga bo‘lgan talabni qondirish uchun suvga bo‘lgan ehtiyoj yiliga 10-13,5 tn kub metrga yetishi mumkinligini da’vo qilmoqda, bu odamlar tomonidan har yili foydalaniladigan hozirgi miqdordan taxminan uch baravar ko‘p.
Go‘sht ishlab chiqarish sabzavotlarga qaraganda ancha yuqori miqdorda suv talab qiladi. IME ma’lumotlariga ko‘ra, 1 kg go‘sht ishlab chiqarish uchun 5000 dan 20 000 litrgacha suv kerak bo‘lsa, 1 kg bug‘doy ishlab chiqarish uchun 500 dan 4000 litrgacha suv kerak bo‘ladi.
Ushbu havoladagi jadvalda umumiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan suv hajmining odatiy qiymatlari ko‘rsatilgan. Shokolad 1 kg mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan 17 196 litr suv bilan ro‘yxatda birinchi o‘rinda turadi. Mol go‘shti, qo‘y va cho‘chqa go‘shti ham ishlab chiqarish uchun ko‘p miqdorda suv talab qiladi. Ro‘yxatga ko‘ra choy, pivo va vino eng kam suv “iste’mol qiladi”. Go‘sht ishlab chiqarish bilan solishtirganda, sabzavotli oziq-ovqat mahsulotlari ancha kam suv talab qiladi - 1 kg kartoshka, masalan, 287 litr suv evaziga yetishtiriladi.
Material va jadval “The Guardian” nashridan tarjima qilish asosida yaratildi.