Tish yuvayotganda suvni qanday tejash kerak?

11.11.2023

Tishlarimizni tozalayotganda jo‘mrakni yopib qo‘yishimiz suvni tejash ishlariga u qadar ham katta hissa qo‘shmaydigandek tuyilishi mumkin, biroq siz har gal tishlaringizni yuvayotganda jo‘mrakdan suv oqishini oqilona tashkillashtirish orqali 64 stakan toza ichimlik suvini tejashingiz mumkinligini bilasizmi? Suv cheklangan resursdir. EPA ma’lumotlariga ko‘ra, suv resurslari sayyoramizning 70 foiz hududini egallagan bo‘lsa-da, shundan 1 foizdan kamrog‘ini iste’mol qilish mumkin. Bundan tashqari, aholimiz o‘sib borishi mavjud suv miqdorining ham oshishiga sabab bo‘lmaydi va shuning uchun ham suv yanda va yanada cheklangan bo‘lib boradi. Shuning uchun kundalik hayotda suvni tejash yo‘llarini topish juda muhimdir. Shunday oddiy usullardan biri tishlaringizni yuvishda suv sarfini kamaytirish!

Suvni tejash nafaqat sayyoramiz uchun, balki moliya uchun ham foydalidir. Suvdan foydalanishni kamaytirish uni jamiyat va atrof-muhitga qaytarishga yordam beradi, shuning uchun suv to‘lovini kamaytiradi. Agar siz shahar suvi emas, balki quduq ta’minotida bo‘lsangiz, tejash yo‘lidagi harakatingiz suv sathini saqlab qolishga yordam beradi. 

Tishlaringizni yuvishda suvni tejashning beshta sodda usuli:

1. Suvdan faqat tishlaringizni chayish uchun foydalaning: Siz qila oladigan eng oddiy narsa nima? Tishlaringizni yuvayotganda suvni o‘chirish! Agar siz suvni oqayotgan holda qoldirsangiz, har safar tishlaringizni tozalaganingizda to‘rt gallongacha (taxminan 15 litr) suv ishlatishingiz mumkin. Kuniga ikki marta tish tozalash va siz kuniga sakkiz gallon, har oy 200 gallon va yiliga 2400 gallon suvni behuda isrof qilasiz. Jo‘mrakni faqat tish chotkangizni namlash uchun oching (yoki uni umuman namlamang), keyin yuvib bo‘lgach uni qayta yoqing. Bu kichik harakatni bajarish orqali siz tishlaringizni tozalash jarayonida atrof-muhitga yordam bergan bo‘lasiz!

2. Stakandan foydalaning: Agar siz qo‘lingizdan stakan o‘rnida foydalanadigan odam bo‘lsangiz, o‘zingizni va suv ta’minotini xavf ostiga qo‘yasiz. Qo‘lingizda siz uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mikroblar bo‘lishi mumkin va, shuningdek, qo‘llaringidan to‘kilgan suv isrof bo‘lishi mumkin. Stakandan foydalanish orqali siz suvni tejash yo‘lida katta qadam qo‘ygan bo‘lasiz.

3. Jo‘mrakdan tushgan suvning hammasidan foydalaning: Ba’zida tishlarimizni cho‘tkalaganimizda, biz hatto xayolimizga ham keltirmaydigan suvni isrof qilamiz, masalan, suvni iliq yoki sovuq haroratga keltirganimizda. Suvni tejash bo‘yicha maslahatlardan biri bu suv harorati o‘zgarguncha ham uni to‘plab, ishlatish, o‘simliklarga quyish yoki ichish uchun muzlatgichda saqlashdir. Bu haddan tashqari mayda usul bo‘lib ko‘rinsada, suvni tejash g‘oyasi bu yangi odatni shakllantirishga arziydi.

4. Oqish bor-yo‘qligini tekshiring: Tishlaringizni cho‘tkalash - bu kran yoki uning ostidagi quvurlar ishlaganda suv oqib chiqishiga imkon beradimi yoki yo‘qligini tekshirish uchun ajoyib vaqt. EPA ma’lumotlariga ko‘ra, uy xo‘jaliklarida suv oqishi butun mamlakat bo‘ylab qariyb 900 milliard gallon suvni isrof qilishi mumkin - shuning uchun sizning kraningizdan kuniga oqayotgan bir necha tomchi suv har yili yuzlab gallon suvni isrof qilishi mumkin. Agar siz kranni o‘chirganingizdan keyin ham tomchilarni sezsangiz, uni ta’mirlashingiz kerak.

5. Santexnikangizni yangilang: Oxir-oqibat, uyingizdagi eski kranlarni yangiroq, suvga sarfiga qulayroq kran boshlari bilan almashtirish yaxshi fikr. “Plumbing Manufacturers International” notijorat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, WaterSense sertifikatiga ega zamonaviyroq kranlar EPA tomonidan belgilangan suv samaradorligi va ishlash mezonlariga javob beradi, shuning uchun agar siz yangi kran olishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, uning yorlig‘iga e’tibor bering.

Umuman olganda, tish yuvish biz eng ko‘p suv sarflaydigan jarayonlardan biridir va uni optimallashtirish orqali suvni tejash sayyora oldidagi ijtimoiy mas’uliyatimizdir.

 

Bizni nima kutmoqda? Suv inqirozi raqamlarda

Yer yuzida mavjud suvning atigi 3 foizi chuchuk suv bo‘lib, uning uchdan ikki qismidan muzliklarda joylashganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra foydalanish imkonsiz.

13.11.2023
Sanoatda suvni qanday tejash mumkin?

2010-yilda sanoatda ishlatiladigan yer usti suvlarining 93%i chuchuk suv edi.

12.11.2023
Nima uchun va qancha suv ishlatamiz?

Bir kunda qancha suv iste’mol qilayotganimizni bilish biz uchun o‘ta hayratlanarli bo‘lishi mumkin. Siz uyingozdagi dushingiz qancha suv ishlatishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

11.11.2023