Nima uchun va qancha suv ishlatamiz?
11.11.2023
Bir kunda qancha suv iste’mol qilayotganimizni bilish biz uchun o‘ta hayratlanarli bo‘lishi mumkin. Siz uyingozdagi dushingiz qancha suv ishlatishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Yoki har kecha idish yuvish mashinasining ishlashi hisobingizga qancha suv iste’molini qo‘shadi? Kundalik faoliyatingizda qancha suv sarflayotganini bilish yaxshi, ayniqsa suvni qanday tejashingiz mumkinligini bilganingizdan keyin.
Hojatxona
Dual sisterna bir martalik tozalash uchun yarim yuvishda 3 litr va to‘liq yuvishda 6 litr sarflaydi. Bittalik suv sisternasi har bir yuvish uchun 9 dan 11 litrgacha suv ketkazadi.
Dush
Suvni tejaydigan dush boshchasi bir daqiqada taxminan 9 litr suv sarflaydi. Eski uslubdagi dushlar daqiqada taxminan 19 litr sarflaydi. Bundan kelib chiqadiki, eski uslubdagi dush boshchasi bilan har kuni 5 daqiqalik dush qabul qilish yiliga 36 500 litr suv sarfini keltirib chiqaradi. Suv sarfini kamaytirish va nazorat qilish uchun dush qabul qilish muddatini 3 daqiqadan kamroqqa tushirish va 3 yulduzli suv tejaydigan dush boshchasini o‘rnatish tavsiya qilinadi.
Hammom
Hammom turli hajmi va suvning to‘ldirilganlik darajasiga qarab har bir to‘ldirish uchun 50 dan 150 litrgacha suv sarflaydi.
Idishlarni qo‘lda yuvish
Oshxonadagi rakovinani to‘ldirish uchun taxminan 15-18 litr suv kerak bo‘ladi.
Idish yuvish mashinalari
Zamonaviy idishlarni yuvish mashinalari tez tozalash rejimida taxminan 15 litr va oddiy rejimda 20 litr suvdan foydalanadi. Sizning idish yuvish mashinangiz qancha suv ishlatishini aniq bilib olish uchun uning qo‘llanma kitobchasini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
Kir yuvish mashinasi
Kir yuvish mashinalari odatiy rejimda 50 litrdan yuqori yuklanishdagi rejimda 120-150 litrgacha suvdan foydalanadi.
Umumiy foydalanish
Qo‘l yuvish, tishlarini tozalash, ovqat pishirish va uy tozalash kabi yumushlar uchun har bir kishi kuniga taxminan 18 litr suv ishlatadi. Tish tozalash paytida jo‘mrakni ochiq qoldirish taxminan 5 litr suv sarfiga olib keladi.
Bog‘ni sug‘orish
Bog‘ sprinkler soatiga taxminan 1000 litr suv sarflaydi. Suv miqdorini o‘lchash uchun purkagichning yoniga yomg‘ir o‘lchagichni qo‘yish mumkin.
Tomchilab turadigan buzuq kranlar yoki hojatxonalardagi nosozliklar
Tomchilayotgan jo‘mrak kuniga 200 litrgacha suvni isrof qilishi mumkin.
Bizni nima kutmoqda? Suv inqirozi raqamlarda
Yer yuzida mavjud suvning atigi 3 foizi chuchuk suv bo‘lib, uning uchdan ikki qismidan muzliklarda joylashganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra foydalanish imkonsiz.
13.11.2023Sanoatda suvni qanday tejash mumkin?
2010-yilda sanoatda ishlatiladigan yer usti suvlarining 93%i chuchuk suv edi.
12.11.2023Nima uchun va qancha suv ishlatamiz?
Bir kunda qancha suv iste’mol qilayotganimizni bilish biz uchun o‘ta hayratlanarli bo‘lishi mumkin. Siz uyingozdagi dushingiz qancha suv ishlatishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
11.11.2023