Oson bajariladigan qadamlarni orqali suvni qanday tejash mumkin?

11.11.2023

Yer yuzining 71%i suv bilan qoplangan bo‘lsa-da, uning faqat 3%ini chuchuk suv tashkil etadi. Shundan foydalanish mumkin bo‘lgan miqdor atigi 1%ni tashkil qiladi. Garchi bu hayratlanarli faktni har birimiz o‘qigan, eshitgan bo‘lsakda, o‘zimizni chuchuk suv bizning ixtiyorimizdagi cheksiz resursdek tutamiz. Hech narsa haqiqatni berkitolmaydi. Oziq-ovqatdan tortib, ustimizdagi kiyimgacha, hamma narsani ishlab chiqarish uchun suv kerak.

Bu maqolada biz kundalik hayotda suvni tejashning oddiy va oson usullarini muhokama qilamiz. Har bir buyuk inqilob uydan boshlanadi, deyishadi. Bu mulohaza suvni tejash masalasida ham amal qiladi. Uy - bu biz suvdan maksimal darajada foydalanadigan joylaridan biri. Suv ichish va ovqat pishirishdan tashqari, cho‘milish, tozalash, o‘simliklarni sug‘orish kabi ko‘plab kundalik vazifalarni bajarish uchun suv ishlatiladi. Mabodo uyingizda hozirgi suv ta’minoti a’lo darajada bo‘lsa ham, suv tanqisligi iqlim o‘zgarishi kabi, balki undan ham jiddiyroq haqiqat ekanligini unutmang.

Suv isrofgarchiligini kamaytirish bo‘yicha kichik qadamlar qo‘yish bilan bir qatorda, suv iste’moliga e’tiborli bo‘lish bu bebaho resursni kelajak avlodlar uchun saqlab qolishda katta yordam beradi. 

Har kuni suvni tejashning oddiy usullari haqida so‘z yuritishdan oldin uyda suvni qanday tejash kerakligi haqidagi savolga javobni ko‘pincha hammom, oshxona va bog‘larda topish mumkin. Ongli ravishda kichik ehtiyotkorlik bilan qadamlar qo‘yish orqali siz suvning isrof qilinishini sezilarli darajada kamaytirishingiz mumkin.

  1. Dush qabul qilish vaqtini nazorat qiling. Charchoqli kunning oxirida uzoq vaqt iliq dush qabul qilish jozibali tuyulsa-da, bu suvni isrof qilishning eng katta sabablaridan biridir. Suv to‘ldirilgan vanna ichida bemalol yotish o‘rniga tez dush qabul qilish ham vaqtingizni, ham litrlab suvni tejashingizni ta’minlaydi. Bundan ham yaxshiroq variant: haftada bir necha marta an’anaviy chelak va krujka yordamida cho‘milishga o‘ting.
  2. Kran intizomiga rioya qiling. Yuz-qo‘l yoki tishni yuvayotganda, idish-tovoqlarni yoki sabzavotlarni tozalayotganda kranni ochib qo‘yish biz ortiqcha o‘ylab ham o‘tirmay amalga oshiradigan jarayondir. Lekin shu kabi kundalik yumushlar paytida kranni yopib qo‘yishda izchil va intizomli bo‘lish suvni tejashning eng yaxshi usullaridan biridir.
  3. Kran ayeratori o‘rnating. Hammom kranlariga ayeratorni o‘rnatish umumiy suv sarfini kamaytirish bilan birga doimiy suv oqimini ta’minlaydi. Buning sababi shundaki, ayerator suv oqimiga havo qo‘shadi. Ularni o‘rnatish oson, arzon. Shuningdek, ayeratorli kran ayeratorsizlariga qaraganda deyarli sakson foiz suvni tejash mumkin.
  4. Suv oqishiga sabab bo‘layotgan nosozliklarni tuzating. Biroz g‘alati tuyilsada, nosoz kran va trublar kabi suv oqishiga sabab bo‘ladigan narsalar suvni isrof qilishning asosiy manbai hisoblanadi. Mumkin bo‘lgan nosozliklarni payqash uchun quvurlarni doimiy ravishda tekshirib turing. Oqish joylarini imkon qadar tezroq tuzatish nafaqat suvni tejash, balki qimmatbaho armatura va devorlarga zarar yetmasligini ham ta’minlaydi.
  5. Hojatxonangiz uchun past oqim yoki dual-flyajni ko‘rib chiqing. Kam suvli hojatxona an’anaviy hojatxonaga qaraganda suv sarfini sezilarli darajada kamaytiradi. Agar siz yetarli byudjetga ega bo‘lsangiz, hojatxonangizga dual flush konvertorni o‘rnatishni o‘ylab ko‘ring. Bu sizga tegishli tugmani tanlash orqali suyuq chiqindilarni yuvish uchun kamroq suv va qattiq chiqindilarni yuvish uchun ko‘proq miqdorni tanlash imkonini beradi.
  6. Idishlarni yuvishda e’tiborli bo‘ling. Idishlarni qo‘lda yuvayotganda suvni oqizish o‘rniga, ikki idishni to‘ldirish va ularning biridan tozalash, biridan chayqash maqsadida foydalanish mumkin. Idish yuvish mashinasidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, uning maksimal imkoniyat rejimida ekanligiga ishonch hosil qiling. Bu jarayonda suvni tejashga yordam beradi.
  7. O‘simliklarni ehtiyojga qarab sug‘oring. O‘simliklarni sug‘orishdan oldin tekshiring, ayniqsa yomg‘irli mavsumda. Ba’zan siz o‘simliklarni ortiqcha sug‘orishingiz mumkin, bu ham moddalarining yo‘qolishiga, ham suvning isrof bo‘lishiga olib keladi. Shunday qilib, sug‘orishdan oldin tuproqni tekshiring. 
  8. Qo‘lda sug‘orishga o‘ting. Suv shlangi bilan sug‘orish, ayniqsa, bog‘ingiz katta bo‘lsa, qulayroq bo‘lishi mumkin. Biroq shlang bilan sug‘orish juda ko‘p miqdorda suv iste’moliga olib kelishi isbotlangan, bunda qo‘lda sug‘orish orqali suvni tejash mumkin. Shunday qilib, kichik o‘zgarishlardan boshlang, masalan, bog‘ingizning bir qismini qo‘lda sug‘orish yoki har bir muqobil kunda qo‘lda sug‘orishga o‘tish. O‘simliklaringiz ham buning uchun sizga rahmat aytadilar, chunki qo‘lda sug‘oriladigan o‘simliklarda qo‘ziqorin kasalligi uchrashi ehtimoli kamroq.
  9. O‘simlikni sug‘orish vaqtini oqilona belgilang. Suv isrofgarchiligini kamaytirish uchun ertalab o‘simliklarni sug‘orish samaraliroq bo‘ladi. Buning sababi shundaki, quyosh eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan kunduz vaqti bilan solishtirganda ertalab suv bug‘lanishi kamroq bo‘ladi. 
  10. Ochiq joylarni tozalash usulingizni qayta ko‘rib chiqing. Verandalar va yo‘llarni yuvish uchun yuqori bosimli shlangdan foydalanish qulay bo‘lsa-da, bu juda ko‘p miqdorda suv isrof qilinishiga olib keladi. Bir chelak suvni krujka va supurgi bilan ishlatish ko‘p miqdorda suv isrof qilinishini kamaytirishning eng samarali usullaridan biridir.
  11. Mashinangizni samarali yuving. Avtomobilni ustiga suv sepgan holatda yuvish suvni isrof qilish bilan bog‘liq eng keng tarqalgan jarayonlardan biridir. Mikrofiber mato, tozalovchi eritma va bir chelak suv toza mashinaga erishish uchun kifoya qiladi. Avtomobilni yuvishni u kir bo‘lgan paytlarda rejalashtiring. Agar tez-tez tozalashga zarurat bo‘lsa, chelakdan foydalanishni o‘ylab ko‘ring. 
  12. Samarali kir yuvish mashinasiga sarmoya kiriting. Eng so‘nggi rusumdagi kir yuvish mashinasiga sarmoya kiritish har bir siklda suv sarfini sezilarli darajada kamaytirishni ta’minlaydi. Kir yuvish mashinasini faqat yetarlicha kirlar yig‘ilganda ishga tushiring, bu ham vaqtni, ham energiyani va ham suvni tejaydi.  
  13. Yomg‘ir suvini yig‘ish amaliyotini sinab ko‘ring. Bu suvni tejashning eng samarali usullaridan biridir. Shu tarzda to‘plangan suv ko‘plab to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga yo‘naltirilmagan maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Sug‘orish, mashina yuvish kabilar shu jumladandir. Bu o‘zingiz uchun ham qiziqarli jarayon bo‘lishi mumkin.
  14. Qaynatish o‘rniga bug‘dan foydalaning. Sog‘lik nuqtai nazaridan ham foydali ozuqa moddalarini yo‘qotishining oldini olish uchun sabzavotlarni bug‘lash suvda qaynatishdan ko‘ra yaxshiroq variant hisoblanadi. Bu qadam, shuningdek, kundalik hayotda suvni qanday tejash kerakligi haqidagi savolga javob berishga yordam beradi, chunki sabzavotlar qaynatilgan suv odatda tashlanadi. Agar siz sabzavotlarni qaynatishingiz kerak bo‘lsa, bu suvni, masalan, sho‘rvalar uchun qayta ishlatishingizga ishonch hosil qiling yoki hatto soviganidan keyin undan o‘simliklarni sug‘orish uchun ham foydalanishingiz mumkin.
  15. Axlatni tashlash uchun hojatxonadan foydalanmang. Hojatxonadan maqsadli foydalaning. Po‘choq yoki boshqa chiqindilarni hojatxonaga tashlash tez-tez uchrab turadigan holat. Hojatxonaga bunday axlatni oqizish natijasida siz nafaqat suvni keraksiz isrof qilasiz, balki drenajlarning tiqilib qolishiga olib keladigan quvurlarning to‘silib qolishi xavfini ham tug‘dirasiz.
  16. Bolalarni suvni isrof qilishdan qaytaring. Bolalaringizga suvni tejash muhimligini va buni qanday amalga oshirishni o‘rgating. Ularga suvning naqadar qimmatli ekanligini va toza oqar suvga ega bo‘lish juda katta imkoniyat ekanligini tushuntiring. Shlang yoki purkagich bilan o‘ynash kabi suv bilan bog‘liq o‘yinlardan voz keching, chunki bu tezda tugaydigan resursning katta yo‘qotilishiga olib keladi.
  17. Hamkasblaringizni ham jalb qiling. Ishda ham siz hamkasblaringiga suvni tejash zarurligiga o‘rgatishingiz mumkin. Shuningdek, rahbariyat ham xodimlarni suvni tejashga undaydigan mukofot tizimi kabi innovasion g‘oyalarni ilgari surishi mumkin. Jamoat joylarida suv sotib olish o‘rniga o‘z suv to‘ldirilgan shishangizni olib yurish orqali ham suvni tejashga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin. Shuningdek, har safar suv oqishi holatlarini ko‘rganda tegishli xodimlarni xabardor qilish, sport zalida yoki basseynda dushdan tejamkorlik bilan foydalanish suvni tejash usullari qatoriga kiradi.

Xulosa: suvni tejash va saqlash davr talabidir. U keng ko‘lamli ekologik va iqtisodiy afzalliklarga ega. Chuchuk suvga bo‘lgan talab tobora ortib borayotganligi sababli biz yer osti suvlari sathiga katta ta’sir ko‘rsatmoqdamiz, ular dahshatli sur’atda kamayib bormoqda. Yuqoridagi tavsiyalar bir o‘qishda ahamiyasiz va kichik ta’sirga egadek ko‘rinishi mumkin, ammo bu tartiblarga ommaviy ravishda rioya qilish o‘z samarasini ko‘rsatmay qolmaydi.

Suv resurslarini tejash yo‘llarini topish sayyoradagi odamlar va boshqa turlarning omon qolishi uchun juda muhimdir. Har birimiz o‘z burchimizni ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan bajarsakgina suvni tejash g‘oyasi haqiqatga aylanishi mumkin. Kelajak avlodlar uchun yashashga yaroqli sayyora qoldiraylik, suvni tejash uchun qo‘limizdan kelganini qilaylik!

 

Bizni nima kutmoqda? Suv inqirozi raqamlarda

Yer yuzida mavjud suvning atigi 3 foizi chuchuk suv bo‘lib, uning uchdan ikki qismidan muzliklarda joylashganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra foydalanish imkonsiz.

13.11.2023
Sanoatda suvni qanday tejash mumkin?

2010-yilda sanoatda ishlatiladigan yer usti suvlarining 93%i chuchuk suv edi.

12.11.2023
Nima uchun va qancha suv ishlatamiz?

Bir kunda qancha suv iste’mol qilayotganimizni bilish biz uchun o‘ta hayratlanarli bo‘lishi mumkin. Siz uyingozdagi dushingiz qancha suv ishlatishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

11.11.2023