14.11.2023

“Toshkent dengizi” odamlarni nimasi bilan o‘ziga jalb etmoqda?

Toshkent shahridan 30 km uzoqlikda joylashgan, xalq tilida “Toshkent dengizi” deb ataluvchi, rasmiy nomi esa “Tuyabo‘g‘iz” suv ombori bo‘lgan mazkur suv obekti kuz faslida ham o‘z ko‘rki bilan kishilarni o‘ziga jalb qilmoqda.

Biz “Toshkent dengizi”dagi  jarayonlarini foto kameraga muhrladik.

Ohangaron daryosi hisobidan to‘ldiriluvchi suv ombori 1962-yilda bunyod etilgan. Maydoni 20 km²ni tashkil etuvchi obyekt Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq, Bo‘ka tumanlaridagi lalmikor yerlarga suv yetkazib beradi.
2019-yilda bu yerda “Tuyabo‘g‘iz”  GESi bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

“Tuyabo‘g‘iz” gidrotexnik inshootining tashqi ko‘rinishi.

Qirg‘oq bo‘ylarida dam olish maskanlari bunyod etilgan bo‘lib, hozirda mavsum yakunlangani uchun ular yopiq. Suv ombori hududida hozirda baliq ovi avjiga chiqqan.

Bu yerda “baliqchi” qushlar ham ko‘p uchraydi, ular odamlar bilan birgalikda ov qiladi.

Shu yil yoz faslida “Toshkent dengizi” negizida eshkak eshish bazasi ochilgan bo‘lib, hozirda ushbu bazada o'nlab sportchilar shug‘ullanadi.

Suv omborining qirg‘oqlari

Omborning qirg‘oqlari ko‘rinishi mavsumga qarab o‘zgarib turadi. “Toshkent dengizi”ning ahamiyatli jihatlarini keyingi yillar davomida yo‘qotmaslik, saqlab qolish va uning muhofazasiga doimo e’tiborda bo‘lishga chaqiramiz.

Murodbek Yusupov

Foto