12.11.2023

Chirchiq daryosi — e’tiborsizligimizning navbatdagi qurboni

Irmoqlari Tyanshan tog‘laridan boshlanuvchi Chirchiq daryosi o‘zining zilol suvlari bilan qadimda nom chiqarib kelgan o‘tgan. Bu nuqta o‘tgan asrdan boshlab sanoat rivojlanishi, uy-joy qurilishi jadallashuvi ortidan hozirga kelib inson omili natijasida sodir bo‘lishi kutilayotgan navbatdagi yirik ekologik fojialardan birining qurboni hisoblanadi.

Chirchiq daryosi Toshkent shahri va viloyati aholisining asosiy suv manbasi hisobladi. Daryo bugungi kunda sanoat oqava suvlari, daryo o‘zanidan noqonuniy foydalanish (qum, shag‘al qazib olishda), maishiy chiqindilar tashlanishi ortidan ko‘rkini yo‘qotgan.

Daryoning Sirg‘ali tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida axlat uyumi to‘plangan, bu yerdan jadal tarzda shag‘al qazib olish uning zararlanishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, yirik sanoat korxonalarining daryo qirg‘og‘i hududi yaqinida joylashuvini hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydigan ish yuritish deb hisoblash mumkin.

Chirchiq daryosining Qo‘yliq bozori hududidan o‘tgan bazi hududlarida ham chiqindilar mavjudligi xalq orasida  suv va unga bo‘lgan munosabat ayanchli ahvolda ekanligiga yana bir bor isbotlaydigandek.

Murodbek Yusupov

Foto