14.11.2023

Suv o‘rniga chiqindi oqayotgan tarixiy Kaykovus arig‘i

Toshkent shahrining Olmazor tumani Chorsu bozoriga yaqin bo‘lgan Hasti Imom mahallasidan oqib o‘tuvchi Kaykovus arig‘ining videoroliklari ijtimoiy tarmoqlarda  ancha mashhurlikka erishdi. Biroq, kuzatuvlarimizga ko‘ra, bu hudud videotasvirlardagidek chiroyli ko‘rinishga ega emas. Suv yo‘qligi sababli ushbu ariq bugungi kunda qurib qolgan.

VI – VII asrlarda Boʻzsuv kanali kattalashtirilib, undan Kaykovus arigʻi chiqarilgan va Qoraqamish jarligigacha yetkazilgan. Ariqning uzunligi 5.12 kmni tashkil etadi. Bu hududning hozirgi ahvoli ancha achinarli bo‘lib, turar-joy va uylarning noto‘g‘ri rekonstruksiyasi natijasida va mahalliy aholi tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlanishi ortidan suvsiz havza tubida chiqindilar ko‘rinib turadi.

Plastik va energetik ichimlik idishlariga  to‘lgan suv o‘zani.

Bino va turar-joylarning ariq ustidan qurilganligi ko‘rinishi.

Ariqqa tashlangan avtomobil baloni shinasi.

Kaykovus arig‘ining birgina Hasti Imom tarixiy imorati joylashgan hududi balki sayyohlik obyekti hisoblanganligi sababli toza ko‘rinishga ega. Biroq mashhur ariqning umumiy ko‘rinishi, suratlardan ham anglashilganidek, bu hudud alohida qarovga muhtoj ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Murod Yusupov

Foto