14.11.2023

Sirdaryodagi kichik ko’l — Sultonhovuz

Sultonhovuz Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan ko‘llardan biri bo‘lib, qadimgi Sirdaryo o‘zani qurib qolishi natiasida ko‘l hududi yarim oy shaklidagi ko‘rinishga kelgan. Uning qirg‘oqlari yarmi tik jarliklarga tutashib ketadi.

Ko‘l asosan yer osti suvilari hisobiga to‘ladi, uzunligi 5km, chuqurligi esa o‘rtacha 2-3 metrni tashkil etadi. U o‘zing turli fasllarda o‘zgarib turadigan qamishzor hududlari va yovvoyi tabiati hamda baliq ovchilarini o‘ziga jalb etishi bilan ajralib turadi. Bahor fasli kelishi bilan bu yerda qushlarning o‘nlab turini uchratish mumkin, ularning ko‘pchiligi mavsumiy qushlardir.

Katta qizil oyoq

Haqqush

Jiyoron qarqara

Bu yerda yovvoyi o‘rdaklar, haqqush, qoravoy, katta qizil oyoq, laylak kabilar, hayvonlardan yovvoyi quyon, mo‘ynali hayvonlar (ondatra va nutriya), chiyabo‘ri kabi mayda sut emizuvchilarni uchratish mumkin.
Ko‘ldagi suv hajmi mavsumga qarab o‘zgarib turadi. Bu yerda turli xildagi baliqlar, shuningdek, mavsumiy qushlarni ovlashadi.

Ko‘lga yaqin mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi uy-qurilishida hamda uy tomlarini yopish uchun ko‘ldan olingan qamishlardan foydalanadi, chorva mollari, otlar botqoqlik va yaylov 

Murodbek Yusupov

Foto