13.11.2023

MEN DARYOMAN

Suratlarda Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan Zominsoy tasvirlangan.

Men daryoman, soyman, koʻlman... Esimni tanibmanki, sharqirab, toʻlib- toshib oqaman. Bogʻlaru-togʻlar oralab, daraxtzor-toʻqayzor oralab manzilimga, koʻlimga tomon shoshaman.

Qishda yoqqan qorlar eriganda,  ayniqsa bahor chogʻlarida xursandligimdan ichimga sigʻmay toʻlib-toshaman. Bagʻrimdagi suvlarimdan butun tabiat yanada goʻzallashadi, oʻzgacha chiroy ochadi. Tabiatning latofatiga latofat, koʻrkiga koʻrk qoʻshishida, nokamtarlik boʻlsada, aytay, mening buyuk hissam bor.

Fasllar davomida odamlarga, jonivorlarga, oʻsimliklarga yashash uchun kuch beraman. Erta tongdan butun tabiatni qarshi olaman. Odamlarning  xonadoniga baxt, bogʻlarga yashillik va tarovat, jonivorlarga salobat olib kiraman.

Odamlar shahar shovqinidan charchasa,  boʻylarimda oʻtirib xayol surib, dam olishadi, kitob oʻqishadi. Ularning nafaqat tanasiga balki ruhiga ham hayot, ham xotirjamlik bagʻishlayman....

Bolalarni aytmaysizmi?! Ular meni sepib, oʻynab, zavq ulashadilar, bagʻrimda choʻmilib tanasini yayratadilar! Shu zavqdan biram yayrayman, biram yayrayman!

Turgan-biganim yaxshilik, yashillik va goʻzallik....

Ammo....

Keyingi yillarda men manzilimga yetay-yetay deganimda qurib qolyapman..... Mening oʻzlarimni ayamay  kavlab, toshlarimni allaqayoqlarga olib ketdilar, oʻzanlarimni oʻzgartirib yubordilar, suvlarimni keraksiz joylarga sarfladilar, isrof qildilar... 

Va natijada men manzilimga yetib bormay, yer qaʼriga singib ketdim va singib ketyapman.

Yoʻlimni kutib poylayotgan daraxtlar va novdalar sargʻayib, oʻz koʻrkini yoʻqotyapti. Qushlar boshqa joylarga uchib ketyapti... Odamlar qochyapti...

Oldinlari odamlar suvlarimni ehtiyot qilishar, meni juda qadrlashardi... Manzilimga yetgunimcha suvlariim bilan odamlarni, jonivorlarni toza zilol suvlar bilan siylardim. Ular toza suvimdan  bahra olib, qonib-qonib ichishar edi... Mening boʻyimda kiyim kechagiyu, idish tovogʻini yuvishsa ham, ifloslangan suvni bagʻrimga qaytarmas, yuzimga otmas edilar....

Endichi...Odamlar axlat suvlarini ham, ortiqcha iflos narsayu buyumlarini ham, turli plastmass idishlarini, zaharlangan kimyoviy moddalarni ham yuzimga uloqtirishadi.

 Ana kecha bir bolakay bir togʻora axlatni yuzimga otib yubordi....Yigʻladim... Axir mensiz uyida choy qaynamaydi, tanasi yayramaydi, koʻngli halovat topmaydiku... Nahotki har kuni ichadigan suvi ham mening qaysidir oʻzanimdan olinganini bilmasa....

Boʻylarimda sukunatda dam oladiganlardan koʻra. shisha koʻtarib yurganlar, shirakayf boʻlganlar, ovqat yeb, nafsini qondirish uchun keladiganlar ham koʻpayib ketgan. Shunchaki oʻtirsa maylikuya, lekin boʻsh shishami, ovqat qoldigʻimi albatta bagʻrimga otishadi... Ularga ne deyin?...

Toʻlib toshib oqadigan qirgʻoqlarim yildan yilga pasayib bormoqda. Uzoqni koʻzlagan manzilimga yeta olmay qurib qolyapman....

Har yili oʻnlab uzanlarim qurib qolyapti... Har yili qurigan va manzilga yetmagan suvlarimsiz daraxtlar nobud boʻtalar gullamagan, oʻt oʻlanlar sargʻaygan, choʻlga aylanib boryapti....Eh....nima deya olaman!

Agar deya olganimda edi! “Odamlar koʻzingizni oching, meni isrof qilmang, iflos qilmang. Oʻzanlarimni tinch qoʻying! Axlatingizni yuzimga otmang!” degan boʻlardim!

“Ana shunda men sizga quvonch olib kelaman. Ruhingizga quvvat boʻlaman, tanangizni kuchga toʻldiraman. Men Soyman...Daryoman, Koʻlman...Iltimos meni qadrlang...Mensiz hayot yoʻq..” deb aytardim!

Afsuski, mening zabonim yoʻq... Tilsizman... Jimgina qurib borishda davom etaman.

Foto