26.02.2024

Dengizkoʻl

Dengizkoʻl Buxoro viloyati Olot tumani “Kirlishon” MFYda tektonik chuqurlikda, Tukmaniston chegarasigacha 15 km masofada Amu-Qorakoʻl kanalining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Muntazam qirgʻoq chizigʻiga ega emas, shu sababli maydoni oʻzgarib turadi. Oʻrtacha maydoni 39 ming gektar. Asosan, Buxoro shahridan keladigan markaziy zahkash suvlari hisobidan toʻyinadi. Yogʻingarchilik serob boʻlgan yillari Zarafshon daryosining irmogʻi Tayqir soyidan suv oladi. Suvi shoʻr, koʻl tagida yarim metr oʻlchamdagi tuzlar boʻlib, shifobaxsh xususiyatga ega. Isteʼmol uchun yaroqsiz. Koʻlda yiliga 5 minggacha kamyob qushlar migratsiyasi kuzatiladi. Koʻl 10 asr tarixiy kitoblarida tilgan olinadi. Rasman 1961-yilda suv havzasi sifatida roʻyxatga olingan. 1973-yildan Dengizkul atrofi davlat qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan, 2001-yilda Ramsar koʻllari tizimiga kiritlgan. Hozirda qisman baliqchilik xoʻjaligi va turizm obyektlari barpo etilmoqda.

Sodiqov Zoir

Foto