13.11.2023
Poytaxting asosiy suv manbai bo‘lgan Bo‘zsuv kanali
Toshkentning yirik suv bilan bilan taminlovchi kanallaridan biri bu Bo‘zsuv kanali hisoblanadi. Quyidagi u haqida kichik fotohikoyani taqdim etamiz.
Bo‘zsuv Chirchiq daryosidan Toshkent shahriga kiruvchi eng yirik kanal hisoblanadi. Undan irrigatsiya va sanoat uchun mo‘ljallangan 23 ta kanal chiqarilgan bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 400 kmdan oshadi. Bo'zsuv suvi bilan Toshkent viloyati va Qozog‘istonning Chimkent viloyati hududida jami 140 ming gektar yerlar sug‘oriladi.
Kanalning mansabi Sirdaryo daryosi hisoblanadi.
Uning sanitariya nazoratidan chiqib ketganligi hamda umumtartibga keltirilmaganligi, qirg‘oq hududlarida qurilish ishlarining olib borilayotganligi suv o‘zaniga birmuncha sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Boshqa tomondan, aholining suv tarmoqlari bilan munosabati yetarlicha tartibga solinmagan bo‘lib, kanal hududida maishiy chiqindilar ham yetarlicha ko‘zga tashlanadi.
Bo‘zsuv kanalining tartibga solinmagan hududlarning o‘rab olinishi natijasida shahar markazidan fotolar tayyorlashning deyarli imkoni bo‘lmadi.
Kanalning faqatgina Yunusobod tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismi, Minor Masjidi va qabristoni,Toshkent teleminorasi hududining qirg‘og‘i kabi hududlari kadrlarga muhrlandi. Bo‘zsuv kanalining suratlarda aks etgan va boshqa barcha qirg‘oq hududlari tartibga keltirilishiga umid qilamiz.
Murodbek Yusupov