26.02.2024

Mirzacho‘lning taraqqiyotga erishishida muhim ahamiyatga ega suv inshooti – Janubiy Mirzacho‘l kanali

Bir paytlar O‘rta Osiyoning qoq markazida Mirzacho‘l deb atalgan taqir yer bo‘lgan. Sobiq ittifoq davrida Sirdaryo daryosidan suv tortilib, yangi suv yo‘nalishi barpo etildi.

Janubiy Mirzacho‘l kanali Jizzax va Sirdaryo shaharlarini juda zarur suv bilan ta’minlab, aholining ehtiyojini qondirdi va atrofdagi dehqonchilik yerlarini oziqlantirdi. Bir paytlar taqir bo‘lgan landshaftlar unumdor dalalarga aylantirishda kanal muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Hozirda kanal umumiy miqdorda 350 ming gektarga  yaqin yerlarni sugʻoradi.

Farhod gidrouzelidan boshlanuvchi kanalning uzunligi 127 km boʻlib, ilk bor 1957-1962-yillar davomidan qurib bitkazilgan, kanalda 80 dan ortiq gidrotexnik inshootlar mavjud.

Yaqin yillar davomida kanal hududi yonidan Sirdaryo Issiqlik Elektrostansiyasining qarama qarshi tomonidan ACWA power va boshqa chet el kompaniyalari bunyod ettirilayotgan “SYRDARYA GRES” qurilish ishlari  amalga oshirilmoqda. Ushbu issiqlik elektro stansiyasi suvni Janubiy Mirzachoʻl kanalidan olishni rejalashtirmoqda.

Murodbek Yusupov

Foto