14.11.2023

Yomg‘ir suvi foydalimi?

Ikki kundan beri Toshkentda ob-havoning kayfiyati yo‘q: yomg‘ir yog‘yapti. Buni kuzata turib xayolimga yomg‘ir suvinig foydali jihatlari bormi degan savol keldi.

Yomg‘ir suvidan qanday maqsadlarda foydalanishni bilish juda muhimdir. Chunki biz undan unumli foydalanishimiz mumkin.

Bulutlarda mavjud bo‘lgan yomg‘ir suvining yog‘ingarchilik shakllari suvli tomchi ko‘rinishida yoki qattiq holatda qor yoki do‘l shaklida yog‘ishi mumkin.

Yomg‘ir suvi bu bulutlar sovib ketganda paydo bo‘ladigan suyuq suv yog‘ingarchilik shaklidir. Bulutlardagi harorat Selsiy bo‘yicha nol darajadan pastga tushganda, suv tomchilari hajmi va og‘irligi oshadi, tomchilar shunchalik og‘irlashadiki, ular endi suzmaydi va yomg‘ir bo‘lib yog‘adi.

Agar yomg‘ir suvi kislotali tarkibdan hosil bo‘lmasa, toza bo‘ladi. Uni to‘plash uchun katta miqdorda pul kerak emas.Yomg‘ir suvini saqlash mumkin va bu bepul. Uni qayta ishlash orqali ichish ham mumkin. Bundan tashqari, yomg'ir yog‘ishi ortidan yer osti suvlari sathi ko‘tariladi, yurtimizni suv bilan ta’minlovchi asosiy daryolar qor va yomg‘ir suvidan to‘yinadi. Uning tarkibidagi azot bahor va yoz oylarida o‘simliklarning tezroq o‘sishiga yordam beradi. Havo harorati, namgarchilik, umuman olganda, tiriklikning bir talay omillari yomg‘ir va uning suvi bilan bog‘liq. Xuddi toza ichimlik suvlari singari yomg‘ir suvidan ham oqilona foydalana olsak, suv tanqisligi bilan bog‘liq bir qancha muammolarning oldini olish va hal qilish mumkin.

Javhar Chorshanbiyeva

Foto