12.11.2023
Artezian suvi — ichki turizm elchisi
Artezian qudugʻi — artezian suvlari chiqadigan burgʻi qudugʻi. Ular yer osti suvlaridan xalq xoʻjaligida foydalanish maqsadlarida qaziladi. Artezian qudugʻi artezian suvli qatlamning joylashish chuqurligiga qarab ayrim hollarda 3000 – 5000 m ga yetishi mumkin. Ichimlik suv olish, yaylovlarni suv bilan taʼminlash, yerlarni sug‘orishda asosan 500 — 1000 m gacha chuqurlikdagi suvlar oʻzlashtirilgan. Chuqur Artezian qudugʻi mineral, termal yoki sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladigan artezian suvlarini chiqarish uchun quriladi. Sug‘orishda foydalaniladigan Artezian qudugʻining suv berishi 50, baʼzan esa 100 l/s gacha yetadi. Oʻrta Osiyoda 25 mingdan ortiq Artezian qudugʻi qazilgan. Uning 5000 ga yaqinidan suv oʻzi otilib chiqadi. 1999-yilgi ma‘lumotlarga ko'ra Oʻzbekistonda 10046 artezian va drenaj quduqlari bor. Jarqo‘rg‘ondagi mazkur artezian quduq ham shular jumlasidandir.
Bu yerlik aholi asosan ushbu suvdan toza ichimlik suvi sifatida foydalanishadi.
Bundan tashqari artezian qudug‘i joylashgan hudud yaqinida shu yerlik aholi sun‘iy yo‘l bilan baliq yetishtirish bilan shug‘ullanishadi.
Bu yerda tamaddixona ham bo‘lib, mezbonlar bu yerga kelgan kishilarni baliqdan tayyorlanadigan turli mazali taomlarni tatib ko‘rish uchun taklif qilishadi. Ular bu orqali yurtimizda ichki turizm rivojiga o‘z hissalarini qo‘shayotganlaridan mamnun.
Javhar Chorshanbiyeva