16.11.2023

Tugab borayotgan ichimlik suvlari

Sentyabr kelishi bilan ariqlarda ro‘zg‘or va kundalik hayotda foydalaniladigan suv oqimi to‘xtab qolishi natijasida qishloq aholisi faqatgina yer osti suvilari hisobiga kundalik ehtiyojlarini ta’minlashga majbur bo‘ladi. 

6000 dan ziyod aholiga ega bu qishloqda 3 ta suv minoralari artizan suvlarni saqlab, quvurlar orqali 30 yildan buyon aholini suv bilan ta’minlab keladi. Ba’zi aholi vakillari uchun qulay bo‘lgani holda suv jo‘mraklari uylari yaqinida joylashgan, ko‘pchiliklari esa suvni uzoqdan shu jo‘mraklar orqali olib, uylariga tashishadi.

Aholi soni kengayib, suvga ehtiyoj ortishi natijasida 2 ta suv minorasi qayta ta’mirdan chiqarildi va foydalanishga topshirildi. Qishloq aholishi bu suvdan ichish, ro‘zg‘or ishlari va chorvalarni sug‘orishda keng foydalanishadi. Ushbu fotohikoyada Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi qishloqlardan biridagi suv minoralari, jo‘mraklar, insonlar hayoti tasvirlanadi.

Murod Yusupov 

Foto