14.11.2023

Toshkentning qadimiy Oqtepa kanalidan foto-lavhalar

Toshkent shahridagi Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi kanallardan biri hisoblangan Oqtepa kanali Bo‘rijarning o‘ng irmog‘i hisoblanadi. Kanalning umumiy uzunligi 4 km bo‘lib, unda Oqtepa GESi qurilgan. Kanal, ayniqsa, kuz faslida chiroyli ko‘rinishga kelgan.

Chilonzor metro liniyasi kesib o‘tgan qismi.

Kanalning ba’zi qismlari panjaralar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu bilan kanalga chiqindi tashlanishining oldi olingan. Shuningdek, panjaralar xavfsizlik nuqtai nazaridan ham ahamiyatli hisoblanadi.

Biroq kanal oldidagi maysazorlar va yo‘laklarga chiqindi tashlanganligini ko‘rish mumkin, bu xunuk manzarani yuzaga keltiradi.

Poytaxtimiz aholisidan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlamasliklarini so‘rab qolamiz.

Murodbek Yusupov

Foto