14.11.2023

Oʻrta Osiyoning eng uzun daryosi – Sirdaryo haqida

Andijon viloyati hududida Norin va Qoradaryoning qoʻshilishi ortidan hosil boʻlgan Sirdaryoning uzunligi (Norin daryosi bilan birgalikda) 3019 km ni tashkil etadi.

Markaziy Osiyo miqyosida muhim ahamiyatni kasb etuvchi ushbu daryoning bir qismi Bekobod shahri va tumanidan ham oqib oʻtgan. Biz aynan shu nuqtadagi tabiat va insonlarni rasmlarga muhrladik.

Sirdaryo oʻzining  chiroyli toʻqayzor tabiati bilan ham insonlar uchun madaniy hordiq chiqarish maskani hisoblanadi.

Daryo hududiga baliq ovlash va choʻmilish uchun keladigan insonlar talaygina.

Sirdaryoning Bekobod shahar hududidan o'qib o'tuvchi qismi.

Sirdaryoda suv sarfi kamayishi ortidan uning bir qancha hududlari toʻqayzorlarga aylangan. Daryo oʻzining fauna va florasiga ega boʻlgan boʻlsada, yaylov hududlarida mahalliy aholi chorva hayvonlarini boqishi va oʻtlatishi ortidan ular asta-sekinlik bilan yoʻqolib bormoqda.
To‘qayzor hududlarida yovvoyi qushlarni ham uchratish mumkin.
Sirdaryo IES

Daryoda katta va kichik 63 GES qurilgan boʻlib, ularning umumiy quvvati 2.8mln kVt ni tashkil etadi.

Daryo suvlari tomonidan umumiy sugʻoradigan hudud 2.8mln gektarga teng. 

Murodbek Yusupov

Foto