26.02.2024

Komsomol koʻli

Andijon shaxar Taxtakoʻprik MFY Unversitet koʻchasi 1-raqamli manzildagi Nodirabegim istirohat bogʻi ichida sobiq Komsomol koʻli joylashgan boʻlib, maydoni 14,5 ga ni tashkil etadi. Andijon shahridagi yagona yirik ochiq suv manbai hisoblanadi. 1955-yilda Andijon shahar Ijroiya qoʻmitasining qarori bilan barpo etilgan. 2022-yilda rekonstruksiya qilingan. Andijonsoy arigʻidan toʻyinadi. Ushbu koʻl hozirgi kunda turistik maskanga aylantirilgan. Shuningdek koʻlning atroflari qoʻrgʻon devor hamda panjaralar bilan oʻralgan, hudud kamera nazorati ostida. Ekologik holati yaxshi, obodonlashtirish hodimlari muntazam ravishda tozaligini nazorat qilib, qamishzorlar va ortiqcha begona oʻsimliklardan halos etilib turiladi.

 

Sodiqov Zoir

Foto