26.02.2024
Bo‘rijar: chiqindilar uchun kim javobgar?
Kanalning o‘zani chuqur bo‘lib, qirg‘oqlari tik. Ba’zi joylarida qirg‘oq yonbag‘irlarining balandligi 20–25 m ga yetadi, quyi oqimiga borgan sari pasayib, 8–10 m ga tushib qoladi. Kanalda 5 ta ko‘prik mavjud.
Bugun O‘tkir Hoshimov asarlarida bot-bot tilga olingan joy — Bo‘rijarga bordim. Borishdan oldin ko‘zim bilan ko‘rmagan bo‘lsam-da, kitoblar orqali qadrdon bo‘lgan bu joyni ko‘ra olish imkonidan baxtiyor edim. Lekin keyin hafsalam pir bo‘ldi. Kanal qirqog‘i chiqindining har turidan to‘lib-toshgan, qarovsiz.
Kanal yoqasida katta yozuvlar bilan “Musor tashama. Shtraf — 1 000 000” deb yozib qo‘yilgan e’lon taxtasiga ko‘zingiz tushadi (bu qaysidir tashkilot tomonidan yozilganmi yoki mahalliy aholi tomonidan, bilib bo‘lmaydi). Lekin, shunga qaramay, bu yerliklarning va yo‘lovchilarning atrof-muhit tozaligiga e’tibori haminqadar.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Bo‘rijar — Bo‘zsuvning chap tarmog‘i. Oqtepa GES yuqorisidan boshlanadi. Uzunligi 5,4 km, suv sarfi 33 m3/s. Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hududidan oqadi. Bobur, Muqimiy, Cho‘ponota, Farhod, Do‘mbirobod ko‘chasi hamda Katta O‘zbekiston trakti, Toshkent – Samarqand temir yo‘lini kesib o‘tib, Salor kanaliga quyiladi.
Kanalning o‘zani chuqur bo‘lib, qirg‘oqlari tik. Ba’zi joylarida qirg‘oq yonbag‘irlarining balandligi 20–25 m ga yetadi, quyi oqimiga borgan sari pasayib, 8–10 m ga tushib qoladi. Kanalda 5 ta ko‘prik mavjud.
Javhar Chorshanbiyeva