12.11.2023

Achchiq koʻl

Achchiq koʻl Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi  “Jolshilar” MFY hududida joylashgan. Tabiiy shakllangan. 2011-yilda Nukus shahar hokimining qarori bilan koʻl drenaj tizimlarini ekspluatatsiya qilish boʻlimi balansiga oʻtkazilgan. Hozirgi maydoni 36 gektarni tashkil qiladi. “Doslik” kanalidan toʻyinadi. Koʻl atrofida madaniy hordiq uchun infrastruktura – “Etno ovul” yaratilgan. Xar yili Ekoqoʻmita tomonidan koʻl atrofini chiqindilardan tozalash aksiyasi oʻtkaziladi. Koʻl yonida harbiy qism joylashgan boʻlib, postdagi harbiylar koʻl atrofida tozalikni taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Sodiqov Zoirbek

 

Foto