26.02.2024
“Sudochye” koʻllari tizimi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani “Buzatov” OFYda joylashgan. Hozirgi maydoni 50000 gektarga yaqin, suv hajmining kamayib borishi natijasida 1970-80 yillarda 4 ta yirik koʻlga – Akushpa, Bolshoye Sudochye, Karateren va Begdulla-Aydinga boʻlinib ketgan. 2008-yilda Sudochye “muhim qushlar hududi” maqomini oldi. 2023-yilda Ramsar botqoq yerlari deb elon qilingan. Bu yerda jami 230 dan ortiq turdagi qushlar qayd etilgan, ulardan 12 tasi global miqyosda va 3 tasi Oʻzbekistonda yoʻqolib ketish xavfi ostida. Koʻchib yuruvchi migratsiya paytida 86000 tagacha 20 turdagi suv qushlar koʻlda yigʻiladi.
Koʻlning ancha qismi qamish bilan qoplangan. Suv sathi asta-sekinlik bilan tushib borishda davom etayapti. Shoʻrlanish darajasi kuchli.
Sodiqov Zoir