14.11.2023

Poytaxtning go‘zal koʻlaridan biri — sobiq Gʻafur Gʻulom bogʻidagi koʻl

Biz bugun hikoya qiladigan sobiq Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ poytaxtimiz aholisi uchun 2022-yil kuz fasli kirib kelganda sinov tariqasida foydalanishga topshirildi. Uning ochilishini poytaxt aholisi deyarli uch yil kutdi.

Pudratchi tashkilot bogʻning koʻl hududiga ham jiddiy eʼtibor berib, foydalanuvchilar uchun bir nechta  qulayliklar yaratib bergan.

Xususan, koʻl atrofi tartibga keldirib, o‘rindiqlar oʻrnatilgan va toʻsiqlar bilan maʼlum qismlari oʻrab chiqilgan. Yoʻlaklar tartibga keltirilib, 2 ta koʻl ta’mirlanib,  atrofida plyaj zonalari va tabiat qurshovida dam olish uchun sharoit yaratilgan.
Koʻlning birinchi qismi oʻrdaklar, gʻozlar va oqqushlar uchun ajratilgan.

Uning ikkinchi qismida esa katamaranlar va qayiqlarda tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatishadi, bu yerda turli xildagi baliqlarni ham uchratishimiz mumkin.

Koʻl hududi o‘tgan qish faslida ham juda choyli koʻrinishga kelgan edi, biz buni fotokadrlarga muhrlab ulgurgandik.

Murodbek Yusupov

Foto