15.11.2023

Oʻzbekiston va Qozogʻistonni suv bilan taʼminlovchi Doʻstlik kanali haqida

Doʻstlik kanali oʻz yoʻnalishi bilan Oʻzbekiston va Qozogʻiston lalmikor yerlarini sugʻoradi. Bu yerda 1891-yilda ilk bor qazish ishlari boshlangan, 6 yildan soʻng kanalning birinchi 84 km qismi Nikolay arigʻi nomi bilan foydalanishga topshirilgan. Kanalga uning hozirgi nomi 1997-yilda berilgan.

Kanal bugungi vaqtda Farhod GES tashlanma kanalidan suv oladi, quyilish joyi esa Chordara suv ombori tashlanmasi bilan tugaydi. Farhod GESi yaqinda qayta tamiridan chiqarilib, uning quvvati 127MVt ga yetkazildi.

Doʻstlik Sirdaryo viloyatining koʻplab tumanlarini ham suv bilan taʼminlovchi yirik kanal hisoblanib, fermerlarning paxta, bugʻdoy kabi ekinlarni ekish jarayonida muhim suv manbasi boʻlib xizmat qiladi.

Kanal Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatini bir-biridan ajratib turuvchi chegara vazifasini ham o‘taydi.

Kanal orqali sugʻoriladigan yerlarning umumiy maydonlari 240 ming gektarga yaqinni tashkil etadi. Uning Toshkent va Sirdaryo viloyati chegarasi hududlaridan fotoreportaj tayyorlandi.

Murodbek Yusupov

Foto