14.11.2023

Hayvonot bog‘idagi sun’iy ko‘lda nimalar bor?

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan hayvonot bog‘i Respublikaning eng yirik hayvonot bog‘i sanaladi. Quyda ushbu bog‘da joylashgan ko‘lning  umumiy ko‘rinishini fotorasmlar orqali ochib berishga harakat qilamiz.

Ko‘lning maydoni u qadar katta bo‘lmasa-da, unda turli xil ko‘rinishdagi oqqushlar, turli xil o‘rdaklar, g‘ozlarning suzib yurganini kuzatish mumkin.

Bundan tashqari, ko‘lga erkin uchib keluvchi turli qushlar ham bor, ular uchun bog‘ mamuriyati tomonidan yetarlicha sharoit yaratilib berilgan.

Ko‘lda odamlarga kichik qayiqlar bilan xizmat ham ko‘rsatishadi. Bu yer, ayniqsa, kuz faslida daraxtlarning sariq ranga bo‘yalishi ortidan o‘z chiroyi bilan insonlarni o‘ziga yanada jalb etmoqda…

Ko‘l suvi Salar kanali orqali to‘ldirilib, doimiy yangilab boriladi.

Murodbek Yusupov

Foto