26.02.2024
Dehqonobod sel-suv ombori
Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani “Nodira” MFY hududida joylashgan. 1982-yilda tabiiy ravishda tashkil topgan suv havzasi hisoblanadi, 2019-2023-yilda qayta rekonstruksiya qilingan.
Maydoni 248,6 gektar, oʻrtacha chuqurligi 48,6 metr, qirgʻoq chizigʻi uzunligi 1505 metr, umumiy hajmi 34,9 mln.m3, foydali ish hajmi 20,0 mln.m3, suv bilan taminlash maydoni 1600 gektar.
Suv chiqish inshooti teshiklar soni 2 dona, teshik balandligi 2 m, teshik eni 2 m, suv oʻtkazish qobiliyati 13,4 m3/s. Favqulodda suv chiqarish inshootining uzunligi 330,5 m, suv oʻtkazish qobiliyati boʻyicha 315 m3/s. Suv ombor Kichik oʻra daryosi oʻzanda joylashgan. Asosiy inshootlarining majmui 1 tuproq toʻgʻonlari beton qoplama bilan qoplangan. Kichik-Ura daryosidan suv quyilishi va sel suvlaridan yigʻiladigan suvlar hisobiga toʻlishga muljallangan. Tuman markazi Qarashina shaharchasi hamda 12 ta mahalla fuqarolar yigʻinidagi aholi xonadonlarini suv bilan taʼminlaydi.
Sodiqov Zoir